Sitemap.xml — bu qidiruv tizimlari botlariga saytdagi barcha sahifalar ro'yxatini va ularning yangilanish sanasini yetkazuvchi yo'l xaritasidir. Robots.txt esa botlarga qaysi sahifalarni indekslash mumkin yoki yopiq ekanini (masalan, admin panel yoki shaxsiy kabinet) ko'rsatuvchi ko'rsatmalar faylidir.
Sayt xaritasi (Sitemap.xml) va Robots.txt nima?

Tez-tez so'raladigan savollar
Sitemap.xml bo'lmasa sayt Google'ga chiqmaydimi?
Chiqishi mumkin, lekin Sitemap qidiruv botlarining sahifalarni to'liq, tezkor va xatosiz topishiga yordam beradi.
Robots.txt orqali sahifani parollash mumkinmi?
Yo'q, robots.txt faqat botlarga tavsiya xarakteridagi qoidadir, xavfsizlik uchun server darajasida parollash kerak.