Landing page qachon kerak, qachon yo'q
Landing page — bitta vazifaga ega bitta sahifa: tashrif buyuruvchini yagona harakatga undash, masalan, ariza qoldirish, qo'ng'iroq qilish yoki yozilish. U bitta mahsulot, aksiya, kurs yoki xizmatni reklama qilganingizda hamda reklama yoki ijtimoiy tarmoqlardan trafik yo'naltirganingizda yaxshi ishlaydi.
Agar bir nechta yo'nalish haqida gapirish, portfolio ko'rsatish, blog yuritish yoki Google'da turli so'rovlar bo'yicha topilish kerak bo'lsa, bitta sahifa yetarli emas. Bunday holatda 3–10 sahifali vizitka sayt to'g'riroq tanlov bo'ladi.
